Нилуфар Усмонова – Куриб турибди Текст


Исполнитель: Nilufar Usmonova - Ko'rib turibdi

Язык песни: Узбекский

Нилуфар Усмонова – Куриб турибди Текст

Taqdir mayli sina gina qilmayman
Ming shukur yuragim urib turibdi

(Men qasdni bilmayman o‘ch ham olmayman
Alloh barchasini ko‘rib turibdi)x2

Kimlardir otasin urmoqqa shaydir
Kimdir ona bag‘rin tilmoqqa shaydir

(Kim yoriga xiyonat qilmoqqa shaydir
Alloh barchasini ko‘rib turibdi)x2

Hatto haqni yo‘qqa yoyganlar bordir
Yetimlar haqqini yeganlar bordir
Ey voh o‘z bolasin so‘yganlar bordir
Alloh barchasini ko‘rib turibdi

Muqaddas bu dinni niqob qilganlar
Qon to‘kib shaytonga chopar bo‘lganlar

(Biling ey do‘zahni sotib olganlar
Alloh barchasini ko‘rib turibdi)x2

Yaxshi deganimiz balki yomondir
Ba’zan do‘st degan ham yotgan ilondir

(Asli kim kimligi unga ayondir
Alloh barchasini ko‘rib turibdi)x2

Alloh barchasini ko‘rib turibdi
Alloh barchasini ko‘rib turibdi