Фаррух Раимов – Хаммасини танийман Текст


Исполнитель: Farrux Raimov - Hammasini taniyman

Язык песни: Узбекский

Фаррух Раимов – Хаммасини танийман Текст

Tuzim yeb tupurganni
Pul topib quturganni
Ortimdan gapirganni
Hammasini taniyman

It hurar o‘tar karvon
Goh qolar dilda armon
Kim yaxshi-yu kim yomon
Hammasini taniyman

Ko‘zim yog‘in yalagan
Bor budimni talagan
G‘iybatimga yaragan
Hammasini taniyman

Biri do‘st biri oshna
Bari qonimga tashna
Til boshqa dili boshqa
Hammasini taniyman

Chiqib to‘rlardan to‘riga
Aylanib zamon zo‘riga
Begona bo‘lsa ham go‘rga
Hammasini taniyman

Zahri achchiq chayonlar
Bari ko‘zdan ayonlar
Qo‘ynimdagi ilonlar
Hammasini taniyman

Aqli dunyo bilan band
Har qadamda berar pand
Qo‘lda pichoq tilda qand
Hammasini taniyman

O‘zingniki o‘zingni
O‘yib ketar ko‘zingni
Yegan non-u tuzimni
Hammasini taniyman

(Dunyo asli omonat
Kelgunicha qiyomat
Jon bo‘lsin salomat
Hammasini taniyman)x3

Hammasini taniyman
Hammasini, har birini
Barchasini taniyman