Dildora Niyozova – Sendaqasi yo’q Текст


Язык песни: Узбекский

 

Dildora Niyozova – Sendaqasi yo’q Текст

Gohi arazlab joningga tegsam
Sog’inganda yoningdan ketsam
Yana yonimga kelalosanmi
Sendakasi yo’q deya olasanmi

O’zimdan ketib qolsam biroz
Ko’rinsam goho senga bepardoz
Kechagidan ko’p seva olasanmi
Sendakasi yo’q deya olasanmi

(Yana bir so’z qoldira
Kel hammani oldida
Yonimda shunday yura olasanmi
Ajal jonim olganda
Shu dam yolg’iz qolganda
Mensizlikga ayt chiday olasanmi) x2

Istaganingdek bo’la olmasam
Jah desang qo’lingga qo’na olmasam
Shunda ham mehring ber olasanmi
Sendakasi yo’q deya olasanmi

Yuz yillik juftu xalolimsan deb
Hammadan go’zal ayolimsan deb
Bergan so’zingda tura olasanmi
Sendakasi yo’q deya olasanmi

(Yana bir so’z qoldira
Kel hammani oldida
Yonimda shunday yura olasanmi
Ajal jonim olganda
Shu dam yolg’iz qolganda
Mensizlikga ayt chiday olasanmi) x2