Элёр Туйчиев – Окибат Текст


Язык песни: Узбекский

Элёр Туйчиев – Окибат Текст

Sulton edu ziyofatlar berganimda
Yuzsizlarga beminnatlik yoqib ketdi

Omadim hom meni tashlab ketganida
Oqibat hom ariqlarda oqib ketdi

Mehrsizga ko‘ngil berish xato bo‘ldi
Xiyonatdan bu yuragim ado bo‘ldi
Na sevgida vafo ko‘rdim, na bir do‘stdan
Oqibat hom ariqlarda oqib ketdi

(Omad kelib derazadan boqib ketdi
Chin do‘stlarim meni arzon sotib ketdi
Begonaga o‘xshab qoldik qara endi
Oqibat hom ariqlarda oqib ketdi)x2

Do‘stim bo‘lsang sherik bo‘lgin kulganimga
Ishonmagin ko‘rmay xatto o‘lganimga
Bir yil bo‘ldi seni axir ko‘rganimga
Oqibat hom ariqlarda oqib ketdi

Ba’zi ishlar og‘ir botar yuraklarga
G‘iybat qilmang yarashmaydi erkaklarga

Nima bo‘ldi uzun orzu-tilaklarga?
Oqibat hom ariqlarda oqib ketdi

(Omad kelib derazadan boqib ketdi
Chin do‘stlarim meni arzon sotib ketdi
Begonaga o‘xshab qoldik qara endi
Oqibat hom ariqlarda oqib ketdi)x2