Файзуллох Зокиров – Ёнди севги дастидан Текст


Язык песни: Узбекский

Файзуллох Зокиров – Ёнди севги дастидан Текст

(Qadam bosib asta sen tomon
Bormoqdaman armonlar bilan
Yolg‘onlaring endi hech o‘chmas
Xayolimdan, yuragimdan)x2

Sog‘indim, sog‘indim
Yolg‘onlardan kulgan mea’yus ko‘zingni
Sog‘indim, sog‘indim
Menga aytgan yolg‘on shirin so‘zingni

(Yondi, yondi bu yurak sevgi dastidan
So‘ndi, so‘ndi bu qalbim yorning qasdidan
Endi, endi na qilay, ayt qayga boray?
Kuygan dardimga malham men kimdan so‘ray?)x2

Qaro-qaro ko‘zlaringga aldandimi nigohim?
Bu betakror nozlaringga oshiqligim gunohim
Bo‘ldi endi azoblama, yetmasmi shuncha hasrat?
Azobingdan jonim og‘rir, xayollarim hamrohim

Uzun-uzun kechalarda xayollaring o‘zgada
Ahvolimga qiziqmaysan yurak seni sevsa-da
Aytgin, nedan xatoyim, asradim-ku har doim
Balki boylik oldi aqling, ko‘ngling meni desa-da

(Yondi, yondi bu yurak sevgi dastidan
So‘ndi, so‘ndi bu qalbim yorning qasdidan
Endi, endi na qilay, ayt qayga boray?
Kuygan dardimga malham men kimdan so‘ray?)x2