Жалолиддин Ахмадалиев – Куконлик Текст


Язык песни: Узбекский

Жалолиддин Ахмадалиев – Куконлик Текст

Aytolmayin sevgisin dil izhorida
Yashirib pok tuyg’ulardan topganini
Kim ko’ribdi taqdirning bu anhorida
Oqib ketgan suvlar ortga qaytganini

Umidlanib orzularin quchog’ida
Yonar hanuz saroblarning o’chog’ida
Biz tomonda to’ylar o’tdi hop davomli
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo’qonlik

To’ylar o’tdi biz tomonda hop davomli
To’ylar o’tdi sarpo keldi zar choponlik
Xo’p yomonlik qildimam ey ko’p yomonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo’qonlik

Sodda edu so’zlarimga ishongandi
Ko’nglida man borman deya quvongandi
Menku sevgi ko’yida hech yonmagandim
U yongandi sevgi deya u yongandi

Endi uning orzulari ro’yobi kech
Ayting barcha haqiqatni kutmasin hech
Ishontirib qo’yganmidim eh gumonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo’qonlik

To’ylar o’tdi biz tomonda hop davomli
To’ylar o’tdi sarpo keldi zar choponlik
Xo’p yomonlik qildimam man ko’p yomonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo’qonlik

Istamadim ko’nglida ko’p qolishimni
U aytmagan man aytganman nolishimni
Sovchilarni qaytararmush umid bilam
Kutar emush hamon meni hamon meni

To’ylar o’tdi biz tomonda hop davomli
To’ylar o’tdi sarpo keldi zar choponlik
Xo’p yomonlik qildimam man ko’p yomonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo’qonlik

Senga doim tilayman sog’lik omonlik
Peshongga bitilsina yor Qo’qonlik