Zarina Kamalova – Xiyonat Текст


Язык песни: Узбекский

Zarina Kamalova – Xiyonat Текст

Endi seni o’ylamayman
Endi seni izlamayman
Unutaman bir umrga
Hatto isming so’zlamayman

Ko’zlarimni yoshlab ketding
Xiyonatga boshlab ketding
Yosh boladek o’ying qilib
Aldadingu tashlab ketding

Yo’q yo’q endi yo’q
Afsus bilan qaytma endi
Yo’q yo’q yo’q yo’q
Ertaklaring aytma endi

Yo’q yo’q endi yo’q
Xiyonating kechirmayman
Yo’q yo’q yo’q yo’q
Yolg’onlarga ishonmayman

Senga jonim bermasmidim
Jondan ortiq sevmasmidim
Ko’zlarim ko’r bo’lganmidi
Buni o’zim bilmasmidim

Hasta ko’nglim ado bo’ldi
Sendan na bir sado bo’ldi
Sendayin bir bevafoni
Sevganlarim xato bo’ldi

(Yo’q yo’q endi yo’q
Afsus bilan qaytma endi
Yo’q yo’q yo’q yo’q
Ertaklaring aytma endi
Yo’q yo’q endi yo’q
Xiyonating kechirmayman
Yo’q yo’q yo’q yo’q
Yolg’onlarga ishonmayman) x2