YULDUZ USMONOVA- Ozor Текст


Язык песни: Узбекский

YULDUZ USMONOVA- Ozor Текст

Sevibman senga qurbon bo‘lmoq uchun
Lablaringda bir o‘pich bo‘lmoq uchun
Tunlari yulduzlar sanamoq uchun
Tunni deb tongda ozorlanmoq uchun

Kurtaklar ochmoq uchun
Yana tug‘ilmoq uchun
Sevib, sevilmoq uchun yashamoq kerak
Bahorda gul ochmoq uchun
Yana tug‘ilmoq uchun
Sevib, sevilmoq uchun yashamoq kerak

Ozor, ozor berar jonim
Bir so‘z demay, ortga boqmay ketar jonim
Ozor, ozor berar jonim
Inadina bay-bay demay ketar jonim

Sevgi shunday dard-ki mubtalo qilar
Har mubtalo ko‘ngilni telba qilar
Sevgi huddi jahannam oloviday
Shoh-u gado ko‘ngillarni kul qilar

Bahorda gul ochmoq uchun
Yana yashamoq uchun
Sevgi, sevilmoq uchun yashamoq kerak
Kurtaklar ochmoq uchun
Yana tug‘ilmoq uchun
Sevib, sevilmoq uchun yashamoq kerak

Ozor, ozor berar jonim
Bir so‘z demay, ortga boqmay ketar jonim
Ozor, ozor berar jonim
Inadina bay-bay demay ketar jonim (2x)