Yetardi – Asqar Bozorov Текст


Yetardi – Asqar Bozorov Текст

Hayollaring har tomonimda
Tinchim buzar yor omonimda
Ne qasding bor edi jonimda
Sevmayman desang yetardi

Aytsang ko’ngil tor emas edim
Yo’g’ingda ham xor emas edim
Rahminga hech zor emas edim
Sevmayman desang yetardi

(Ham o’zingni meni qiynamay
Yolg’on oshiq rolin o’ynamay
Ranjishimni sira o’ylamay
Sevmayman desang yetardi) x2

Shaydo qilib qoshin qoqquncha
Ko’zimga tik kulib boqquncha
Ham yuragim o’tta yoqquncha
Sevmayman desang yetardi

Kelmay ketsang yetardi doshim
Bevafoyim yuragi toshim
Qo’ymas edim ko’ksinga boshim
Sevmayman desang yetardi

(Ham o’zingni meni qiynamay
Yolg’on oshiq rolin o’ynamay
Ranjishimni sira o’ylamay
Sevmayman desang yetardi) x4