Xurshid Ziyod – Yashaylik Текст


Язык песни: Узбекский

Xurshid Ziyod – Yashaylik Текст

Ey qarindosh qora qosh ko’zlarim
Jigarlarim yaqin yoru do’stlarim
Bugun bayram bugun to’y uyimizda
Sizga kuylab beray yurak so’zlarim

Dunyoga keldikmi kulib yashaylik
To’kilibmas goyim to’lib yashaylik
Hamdu sanoh aytib hargiz Allohga
Hammasiga shukar qilib yashaylik

Yashaylik biz shunday yashaylik
Eng avvalo inson bo’lib yashaylik
Bir tanu bir jon bo’lib dardimizga dafo bo’lib
Bir birimiz duo qilib yashaylik

Qaysi yurakda yo’q dardu armon
O’tib ketmang sarson sargardon
Kunda yuz mingta jon bo’lsada qurbon
Bir kam dunyo kami to’lmas hech qachon