Xayitbek Ergashov – Kechir gulim Текст


Xayitbek Ergashov – Kechir gulim Текст

Qismat ekan qismatimga ko’nolmadim
Sendek gulni sevgandima asrolmadim
Hasta jonga oro bo’lib kirolmadim
Kechir gulim seni asrab qololmadim

Orzularim armonlarga aylandi yor
O’tmishimiz hayollarga bog’landi yor
(Vasling endi qiyomatga shaylandi yor
Kechir gulim seni asrab qololmadim) x2

Qaysi guldan qaysi yildan izlay seni
Arosatda sarson qilib ketding meni
Armon bo’lib qoldi mana ishqing seni
Kechir gulim seni asrab qololmadim

Sochlaringni silolmayman gulim endi
Bag’rimga ham bosolmayman gulim seni
(Sabr qilsam bu bardoshim yetarmidi
Kechir gulim seni asrab qololmadim)

Qulog’imda qolib ketdi shirin so’zing
Qarab turar edi shahlo ohu ko’zing
Ko’z o’ngimda hali hamon oydin yuzing
Kechir gulim seni asrab qololmadim

Nega yorim bizni birga dard olmadi
Ishon yorim vujudimda jon qolmadi
Kechir gulim seni asrab qololmadim

Qiyomatga qolib ketdi vasling gulim
Uzatsam agar senga yorim yetmas qo’lim
(Ikkimizni ayirdiku mana o’lim
Kechir gulim seni asrab qololmadim) x2