Xadyatillo – Men indamay qo’yaqoldim Текст


Язык песни: Узбекский

Описание: Internet tarmoqlarida allaqachon Trend darajasiga chiqib ulgirgan qo'shiq sizlar uchun tayyor!

Xadyatillo – Men indamay qo’yaqoldim Текст

Kelgan keldi ketgan ketdi
Men qalbimni o’ya qoldim
Qolishingizga zormasman
Men indamay qoya qoldim

Suymaganga suykalmadim
Suykalganni hech suymadim
Tark etganda suyganlarim
Men indamay qoya qoldim

Goh tovonga toshlar botdi
Ko’zda yoshmas qonlar oqdi
Hayot dardni dilga otdi
Men indamay qo’yaqoldim

Yugurganni yurib yengdim
Yurganlarni turib yengdim
Hammasiga qo’yib yengdim
Men indamay qo’yaqoldim

Sevdim dedi bir qalamqosh
Yurak aytdi qo’yvormaqosh
Bulut yopti yuzim quyosh
Men indamay qo’yaqoldim

Boshim egdim bosh egganga
Qo’l uzattim qo’l berganda
Xasadgo’yu zo’r berganga
Men indamay qo’yaqoldim

Ortdan toshim otti kimlar
Allah dedim unga soldim
Yo’q sirimni sotti kimlar
Men indamay qo’yaqoldim

Dushman qiyos do’stlar chiqdi
Jim xazilga yo’ya qoldim
Goho ortdan pichoq tiqdi
Men indamay qo’yaqoldim

Yugurganni yurib yengdim
Yurganlarni turib yengdim
Hammasiga qo’yib yengdim
Men indamay qo’yaqoldim

Kelgan keldi ketgan ketdi
Men qalbimni o’ya qoldim
Qolishingizga zormasman
Men indamay qoya qoldim