Vohidjon Isoqov – So’rab qo’ying Текст


Язык песни: Узбекский

Vohidjon Isoqov – So’rab qo’ying Текст

Atlas ko‘ylak kiygan qizlar
Qosh-qovog‘in uygan qizlar (2x)

Kuydirishni saygan qizlar
Qosh-qovog‘in uygan qizlar
Kuydirishni saygan qizlar
Kuyganga bir qarab qo‘ying
Suyganga bir qarab qo‘ying

Kuyganga bir qarab qo‘ying
Suyganga bir qarab qo‘ying (2x)

Tunlar siyoh tilashdi-yey
Nigohlarim silashdi-yey
Suqim yomon ilashdi-yey
Sochingizni tarab qo‘ying
Durrachangiz o‘rab qo‘ying

Sochingizni tarab qo‘ying
Durrachangiz o‘rab qo‘ying (2x)

Kulcha ushlagan dovchilar
Sizni bizni aldovchilar
Kelganida shu sovchilar
Buvingizni burab qo‘ying
Darchangizdan murab qo‘ying
Durrachangiz murab qo‘ying

Buvingizni burab qo‘ying
Darchangizdan murab qo‘ying (2x)

Visol yo‘li tikan, chaqir
Qarsdan qarsga so‘rab sabr

Yalinaman etmang jabr
Hijron yo‘lin kurab qo‘ying
So‘raganni so‘rab qo‘ying

Atlas ko‘ylak kiygan qizlar
Ishq tu’mini tuygan qizlar
Kimni ko‘zi qiygan qizlar
Qayrilib bir qarab qo‘ying
Bizdan bir hol so‘rab qo‘ying

Kuyganga bir qarab qo‘ying
Suyganga bir qarab qo‘ying (2x)

Suyganga bir qarab qo‘ying
Suyganga bir qarab qo‘ying