Shoira Otabekova – Shirin-shirin Текст


Язык песни: Узбекский

Shoira Otabekova – Shirin-shirin Текст

(Oh shirin shirin so’zingizdanay
Oh kulib turgan ko’zingizdanay
Sizni menga yaratgan egam
Ayirmasin o’zingizdanay)x2

Ko’nglingizda navolar qalay
Sevgim bilam sadolar qalay
Jonim ila jahonam bilam
Haqqingizga duolar qalay

Sehr to’la so’zim sizniki
Mehr to’la ko’zim sizniki
Qancha nasib etsa hudoyim
Jonim bitta o’zim sizniki

(Oh shirin shirin so’zingizdanay
Oh kulib turgan ko’zingizdanay
Sizni menga yaratgan egam
Ayirmasin o’zingizdanay)x2

Sizni desam yonadi yurak
Muhabbatga to’ladi yurak
Yetti qayta hayotga kelsam
Sizni tanlab oladi yurak

Sultonimsiz vazirangizman
Hisobi yo’q hazinangizman
Mingu bitta go’zallar ichra
Siz bilmagan asirangizman

(Oh shirin shirin so’zingizdanay
Oh kulib turgan ko’zingizdanay
Sizni menga yaratgan egam
Ayirmasin o’zingizdanay)x4