Шохруххон Абдугофуров – Алвидолар айтилдими Текст


Язык песни: Узбекский

Шохруххон Абдугофуров – Алвидолар айтилдими Текст

Ko‘nglim nega yig‘layapsan?
Qasamlardan qaytildimi?
Jonim degan totli tildan
Alvidolar aytildimi? (2x)

Xo‘p o‘ynading yor to‘yida
Bildirmasdan yor uyida
Uch kun avval soy bo‘yida
Alvidolar aytildimi? (2x)

Alvidolar aytildimi?
Alvidolar aytildimi?
Alvidolar aytildimi?
Jonim bugun qasamlardan qaytildimi?

Qirqqa kirmay sochingda oq
Xarob holsan ko‘zguga boq
Suyding, suydi, so‘ngda biroq
Alvidolar aytildimi?

Soddaliging yorga yoqmay
Ko‘zdan tomchi ashki oqmay
Ketar chog‘i ortga bolday
Alvidolar aytildimi?

Soddaliging yorga yoqmay
Ko‘zdan tomchi ashki oqmay
Ketar chog‘da ortga bolday
Alvidolar aytildimi?

Alvidolar aytildimi?
Alvidolar aytildimi?
Alvidolar aytildimi?
Jonim bugun qasamlardan qaytildimi?

Tunlar ohing ko‘kga yetar
Tongda hilol yig‘lab ketar (2x)

Orzularing chil-chil etar
Alvidolar aytildimi?
Qasamlardan qaytildimi?
Alvidolar aytildimi?

Alvidolar aytildimi?
Alvidolar aytildimi?
Alvidolar aytildimi?
Jonim bugun qasamlardan qaytildimi?
Yorim bugun qasamlardan qaytildimi?