Шохрухбек Эргашев – Мен жимгина Текст
Шохрухбек Эргашев – Мен жимгина Текст
Hech kulmadi omadim-a
Ishqda armon quchaverdim
Ketaverding sen jimgina
Men jimgina qolaverdim
Daydib sevgi sahrosida
Cho‘kib hijron daryosida
Zulmat tunlar qarovsida
Men jimgina qolaverdim
Sog‘inib yor nozlarini
O‘shal shirin so‘zlarini
Ko‘rib namli ko‘zlarini
Men jimgina qolaverdim
Sovchi qo‘ysam kulishdi-da
Kambag‘al deb mensishmadi
Gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim
Umidim hech uzmadim-da
Toshdek qotdim, muzladim
Essiz to‘ying buzolmadim
Men jimgina qolaverdim
So‘z demoqni foydasi yo‘q
Muhabbat shu qoidasi yo‘q
Dardlarim bor davosi yo‘q
Men jimgina qolaverdim
Sog‘inib yor nozlarini
O‘shal shirin so‘zlarini
Ko‘rib namli ko‘zlarini
Men jimgina qolaverdim
Sovchi qo‘ysam kulishdi-da
Kambag‘al deb mensishmadi
(Gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim)x2