Шахзодбек Рахмонов – Хайронман Текст
Шахзодбек Рахмонов – Хайронман Текст
Bir qizga sevaman dedim orqasini burib ketdi
Do‘stimga sevma dedim qizlar bilan yurib ketdi
Na qilay suyganlarim bari yuzin burib ketdi
Hayronman men
Hayronman men
Bir dardim bor dilimda dardim faqat ko‘zim aytar
Gohida oshkor-oshkor qo‘shig‘imda so‘zim aytar
Yurakda olov bilan dardlarimni o‘zim aytay
Bo‘ydoqman men
Bo‘ydoqman men
Bo‘ydoqsan san
Bo‘ydoqsan san
Andijonda bir suluv bor xayolimni olib ketgan
Dildagi izhorlarim aytilmayin qolib ketgan
So‘ramang mani ko‘nglim Andijonda qolib ketgan
Armonsan san
Armonsan san
Ey, jayronsan san
Jayronsan san
Bu dunyo yolg‘on dunyo, go‘yo hamma sening do‘sting
Aslida ularga kerak egningdagi qimmat po‘stin
Bu foniy dunyolarda mol-dunyo baridan ustun
Arzonsan san
Arzonsan san
Ey, arzonsan san
Arzonsan san
Ey Mirzo bo‘ldi endi, sabr kosa to‘ldi endi
Atirgullar so‘lmasidan sen ham kuyov bo‘lding endi
Bo‘yningga xurjun tushdi, sayoq yurish bo‘ldi endi
Tamomsan san
Tamomsan san
Ey, tamomsan san
Tamomsan san