Шахзод Назаров – Хабарсиз Текст
Шахзод Назаров – Хабарсиз Текст
Na sen borsan, na sendan bor xabar
Ko‘zim giryon yo‘lga nigoh qadar
Umrim o‘tar, dardim ortar sendan xabarsiz
Ayt qaylarda izlay endi izing?
Ko‘zlarimda qoldi qaro ko‘zing
Baxtlimisan yoki o‘zing mensiz mendan xabarsiz
Gulyuzligim, gulyuzligim
Senla ko‘nglim to‘lmasmidi?
Ketar chog‘ing ketma deya
Yo‘ling to‘ssam bo‘lmasmidi?
Sensizlikda taqdir mening
Bu holimga kulmasmidi yo? (2x)
Qaytdi takror qancha yana bahor
Afsus bir bor sen aaytmading zinhor
Dardim bisyor ammo sen yor bundan xabarsiz
Xabarsizsan og‘ir botgan hijrondan
Xabarsizsan bag‘rim yoqqan armondan
Dard zolimdan, sen holimdan chindan xabarsiz
Gulyuzligim, gulyuzligim
Senla ko‘nglim to‘lmasmidi?
Ketar chog‘ing ketma deya
Yo‘ling to‘ssam bo‘lmasmidi?
Sensizlikda taqdir mening
Bu holimga kulmasmidi yo? (2x)