Shahrizod Homidov – Onamga yoqsa bo’ldi Текст
Shahrizod Homidov – Onamga yoqsa bo’ldi Текст
Kuylagim keldi shu dam
Yurak hasratga to’ldi
Hammadan ham eng avval
Onamga yoqsa bo’ldi
Qarsaklardan zum to’lmas
Muhlislar balki ko’nmas
Lekin bu muhim emas
Onamga yoqsa bo’ldi
Ranjimang mandan zinhor
Siz uchun kuylay takror
Lekin ushbu dam bir bor
Onamga yoqsa bo’ldi
Ishq deya yondim kuydim
ishqning azobin tuydim tuydim
Lekin bittasini sevdim
Onamga onamga yoqsa bo’ldi
Bozorga bordim masta
Mevalar rasta rasta
Xarid qildim bir pastda
Onamga yoqsa bo’ldi
Oldim olma-yu gilos
Anor te uzum charos
Niyatim bitta holos
Onamga yoqsa bo’ldi
Xafa bo’lmang do’stlarim
Qilmang kamu-ko’stlarim
Bugun aytgan so’zlarim bo’ldi
Yechilsin dildan tugun
Kuylagim keldi bugun
Albatta sizlar uchun
Onamga yoqsa bo’ldi
(Ishq deya yondim kuydim
ishqning azobin tuydim tuydim
Lekin bittasini sevdim
Onamga onamga yoqsa bo’ldi) x3