Sevgi – Feruza Egamova Текст


Sevgi – Feruza Egamova Текст

Chaqirmadim keldi o’zi qoshimga
Aylandi u eng yaqin sirdoshimga
Nimalarni solmadiya boshimga
Suymaganni suydirarkan bu sevgi

Telba bir yon bir yonda devonalar
Dili yongan bir yonda parvonalar
Halaklar ko’p ko’p ekan giryonalar
Kuymaganni kuydirarkan bu sevgi

(Parvona parvona yurak yana
Ovora ovora yurak yana
Devona devona yurak yana
Sevgidan) x2

Bazan dilga azob berar dard berar
Bazan misol unutilmas baxt berar
Hohlamasa ketar hohlasa kelar
Joningdan ham to’ydirarkan bu sevgi

Sevdim o’zim sevganligim aybimda
Bunday ayblar bo’lar ekan har kimda
Mangu qolib ketdi sevgim qalbimda
O’lmas ekan o’ldirarkan bu sevgi

(Parvona parvona yurak yana
Ovora ovora yurak yana
Devona devona yurak yana
Sevgidan) x2