Сарвиноз Рузиева – Шахарлик киз Текст


Исполнитель: Sarvinoz Ruziyeva - Shaharlik qiz

Язык песни: Узбекский

Сарвиноз Рузиева – Шахарлик киз Текст

Elakda un elarmidi chiroyli qiz?
Ariqda kir yuvarmidi chiroyli qiz?
Bo‘lmasmi-ya bo‘ladigan ishni qilsang?
Qishloqini sevarmidi shaharlik qiz?

O‘zi sigir ko‘rganmikan hayotida?
Ketmon chopib ko‘rganmikan hayotida?
Sahar to‘rtda turganmikan hayotida?
Qishloqini sevarmidi shaharlik qiz?
Qishloqini sevarmidi shaharlik qiz?

Mashinalar minadi
Qimmat ko‘ylak kiyadi
Saroylarda turadi-yey shaharlik qiz
Boyga kelin bo‘ladi
Shunda to‘g‘ri bo‘ladi
Seni nima qiladi-yey shaharlik qiz? (2x)

Seni nima qiladi-yey shaharlik qiz?

Tentakgina yuragingni qo‘ygin endi
Qishlog‘imiz kutar seni kelgin endi
Iloji yo‘q u go‘zalni sevishingni
Xafa bo‘lma taqdiringga ko‘ngin endi

Ana sevgin mollari ko‘p Salimani
Gektar-gektar yerlari ko‘p Halimani
Orzu qilaverma orzu har nimani
Qishloqini sevarmidi shaharlik qiz?
Qishloqini sevarmidi shaharlik qiz?

Mashinalar minadi
Qimmat ko‘ylak kiyadi
Saroylarda turadi-yey shaharlik qiz
Boyga kelin bo‘ladi
Shunda to‘g‘ri bo‘ladi
Seni nima qiladi-yey shaharlik qiz? (2x)

Seni nima qiladi-yey shaharlik qiz?