Sardor Tairov – Naryog’i yo’q Текст


Язык песни: Узбекский

Описание: Assalomu alaykum barchaga aziz muxlislar! Deyarli hamma izohlaringizni diqqat bilan o’qib chiqdim. Har bir yozilgan iliq va samimiy fikrlaringiz uchun tashakkur aytaman. “Naryog’i yo’q” qo’shig’imiz va unga ishlangan klip sizga ma’qul kelganidan butun jamoamiz bilan mamnunmiz! Sizning qo’llab-quvvatlashingiz sabab biz ijodda davom etamiz. Boringizga shukr, biz bilan birga ekaningizdan hursandmiz!😊

Sardor Tairov – Naryog’i yo’q Текст

Taqdir menga tutgan noning
Kepagi kop saryog’i yo’q
Hoh ishonmang hoh ishoning
Bir sevdimki naryog’i yo’q

Dumin ushlatmaydi visol
Tutsam baxtning barmog’i yoq
Uvol bo’ldim faqat uvol
Zor bo’ldimki naryog’i yo’q

(Bir sevdimki naryog’i yo’q
Tutsam baxtning barmog’i yo’q
Uvol bo’ldim faqat uvol
Zor bo’ldimki naryog’i yo’q)x2

Sevgiga arz bitay desam
Ijtimoiy tarmoq yo’q
May o’rniga ichib qasam
Mast bo’ldimki naryog’i yo’q

Bu dunyoning ishi chigal
Boshi taqir tarog’i yo’q
Uyqum o’char yetti mahal
Tun uzunki naryog’i yo’q

Vadalaring yo’qmi yodda
O’zi qizlarning sog’i yo’q
Senga ishongan bir sodda
G’ayratmanki naryog’i yo’q

(Bir sevdimki naryog’i yo’q
Tutsam baxtning barmog’i yo’q
Uvol bo’ldim faqat uvol
Zor bo’ldimki naryog’i yo’q)x2