Сардор Расулов – Онасини ранжитган угил Текст


Исполнитель: Sardor Rasulov - Onasini ranjitgan o'g'il

Язык песни: Узбекский

Сардор Расулов – Онасини ранжитган угил Текст

Kecha eding mehribon bola
Mehribon qalb mehribon ko’ngil
Bugun nega yuraging qora
Onasini ranjitgan o’g’il

Rosa topding mehrini totib
Ona mehri soylardek oqar
Onadan hom ulug’mi xotin
Onasini ranjitgan o’g’il

Onadan hom ulug’mi xotin
Onasini ranjitgan o’g’il

Omad tenga kulib boqdimi
Baxt bo’yninga tumor taqdimi
Qo’yningdagi ilon chaqdimi
Onasini ranjitgan o’g’il

Kechagina mehribon farzand
Bugun nega yuraging kir gard
Xotin olib bo’ldingmi nomard
Onasini ranjitgan o’g’il

Xotin olib bo’ldingmi nomard
Onasini ranjitgan o’g’il

Mehr kimdan yuqganligin ayt
Hayot qadrin uqqanmiding ayt
Seni yoring tuqganmidi ayt
Onasini ranjitgan o’g’il
Seni xotin tuqganmidi ayt
Onasini ranjitgan o’g’il

Savollarim misoli bir o’q
Ona mehri olov misli cho’g’
Senga boshqa aytar gapim yo’q
Onasini ranjitgan o’g’il

Senga boshqa aytar gapim yo’q
(Onasini ranjitgan o’g’il)x3