Рахимий – Ёмгир Текст
Рахимий – Ёмгир Текст
Ko‘zlarimdan oqar yoshlar
Yurakginam kuyib boshlar
Men telbaning sevgisini
Bilmadilar bag‘ritoshlar
Dardlarimni kimga aytay?
Endi ortga qandoq qaytay?
Chin sevgimni ular balki
O‘yin qilib ketdi atay (2x)
Yomg‘ir yog‘ar ezib-ezib
Dardlarimni sezib-sezib
Bir bevafoning dastidan
Dunyolardan qoldim bezib (2x)
Yolg‘onlaring bag‘rim yedi
Qancha te’da bergan edi
Oxir qarab ko‘zlarimga
Sevmaganman sizni dedi
Na yig‘ladim na bir kulay
Taqdir ekan qandoq qilay
Bevafoga ko‘ngil berib
Ex mengina sevmay o‘lay (2x)
Yomg‘ir yog‘ar ezib-ezib
Dardlarimni sezib-sezib
Bir bevafoning dastidan
Dunyolardan qoldim bezib (2x)
Dunyo bo‘ldi oq-u qora
Yurakginam pora-pora
Bir adashdim, boshqa qaytib
Sevmasaydim endi zora
Yomg‘ir yog‘ar ezib-ezib
Dardlarimni sezib-sezib
Bir bevafoning dastidan
Dunyolardan qoldim bezib (3x)