Ozodbek Nazarbekov – Nimam yoqmaydi Текст


Язык песни: Узбекский

Ozodbek Nazarbekov – Nimam yoqmaydi Текст

Sochingni mayda o‘rsang
Ochilib ketasan yorim (2x)

Man bilam suhbat qurmay
Qayrilib ketasan yorim-o
Aytgin sanga nimam yoqmaydi? (2x)

Har ko‘rganimda yorim
Ketadi tandan madorim (2x)

Saniki bo‘lsin yorim
Davlatim, yo‘g‘u borim
Aytgin sanga nimam yoqmaydi? (2x)

Boqqil ko‘zi humorim
Tugamay sabr-u qarorim (2x)


cu-pub-6597628849157926" data-ad-slot="4007088802">

Yo tegdimi ozorim?
Gulg‘uncha labi bolim-o
Aytgin sanga nimam yoqmaydi? (2x)

Rahm aylagil Nigorim
Kel, ketsin dildan g‘uborim (2x)

O‘ziga aytay zorim
Shoshmay turgin ayyorim
Aytgin sanga nimam yoqmaydi?

Ollohga aytay zorim
Shoshmay turgin ayyorim
Aytgin sanga nimam yoqmaydi?

Sochingni mayda o‘rsang
Ochilib ketasan yorim