Ozoda – JAVOHIR Текст
Ozoda – JAVOHIR Текст
Banogoh uchradi dilbar
Kelib mastona-mastona
Aning yodini aylarman
Yurib hayrona-hayrona
(Nogoh ko‘chada ul sarvi hiromon
Qosh qoqdi-yu ketdi) x2
Qosh uchida ibo qilibon cho‘ppasi larzon
Bir boqdi-yu ketdi
Ul sho‘xi pari ko‘zlari ofat, so‘zi otash
Hay-hay necha dohir
(Bir sheva qilib etdi mani o‘ziga hayron
Xush yoqdi-yu ketdi) x2
(Bir boqdi-yu ketdi
O‘t yoqdi-yu ketdi
Hay-hay nu javohir
Zor etdi-yu ketdi) x2
(Yuz jilva bilan borur eli ko‘chada ul sho‘x
Bag‘rimni qilib qon) x2
(Ming ta’zim ila men qolibon vola-yu hayron
Zor etdi-yu ketdi) x2
Bir boqdi-yu ketdi
O‘t yoqdi-yu ketdi
Hay-hay nu javohir
Xush etdi-yu ketdi
Bir boqdi-yu ketdi
O‘t yoqdi-yu ketdi
Hay-hay nu javohir
Zor etdi-yu ketdi
Ul zulfi parishon uyida chiqsa boyang bor
Man shukur etadurman
Ming jonima gar bo‘lsa qilay men sanga qurbon
O‘t yoqdi-yu ketdi
Mashrabni bu dunyoga hirom etgan o‘zingsan
Ey ko‘zlari shahlo
(Aytdi so‘zini yoydi bu dunyoga farovon
Dog‘ etdi-yu ketdi) x2
(Bir boqdi-yu ketdi
O‘t yoqdi-yu ketdi
Hay-hay nu javohir
Zor etdi-yu ketdi) x3
Hay-hay nu javohir
Zor etdi-yu ketdi