Oybek Sangin – Yor-yor Текст


Язык песни: Узбекский

Oybek Sangin – Yor-yor Текст

Sog’inch degan azoblarim
Boshginamda bor ekan
Sevib qolgan qo’shni qizni
Boshqa yori bor ekan

Suv olay deb kirib qolsa
Tikilguncha qarayman
Hayolimda shu qizchani
Sochlarini silayman

Bir gul uzib borsam edi
Yonginanga yurib kelib
Ichim to’la gaplarimni
Aytsam edi bolginam

Ana xolos tamom endi
Qalbimdagi tuyg’ular
Ana endi bosib borar
Yuragimni g’ul g’ula

(Hay yor-yor yorginam
Mayli bor borginam
Aytolmay qoldima
Sevgimni dildorginam) x2

Kecha kuni mahallamda
Sovchi eshiging qoqib
Keldiyu ketdilar
Qo’lingga uzuk taqib

Sezarding ko’nglim bor
Uyimiz ham bir devor
Eh ko’ngil beg’ubor
Uni ham qo’yib yubor

Bir qishloq o’gloniman
Bu dunyo torgina
Men unda mehmoniman
Mayli bor borgina

(Hay yor-yor yorginam
Mayli bor borginam
Aytolmay qoldima
Sevgimni dildorginam) x2