Oybek Abdurahmonov – Sog’inib yashaysiz Текст


Oybek Abdurahmonov – Sog’inib yashaysiz Текст

Necha farishtalar qanotin qoqib
Haqdan tilamsalar risolingizni
(Necha labdan qolgan bo’sadan kechib
Siz nodon sog’inib yashaysiz bizni) x2

Kuymaysiz quchoqlar olovlarida
Suydim deb aytadi yolg’onlaringiz
(Biqirlab qaynamas qancha o’t yoqmang
Suvsiz qurib qolgan qumg’onlaringiz) x2

O’zingiz aybdor o’zginangizdan
Qayerga berkitasiz shuncha nafratni
(O’tib turaversam ko’zginangizdan
Unutib bo’larmi chin muhabbatni) x2

Hamon uyg’onasiz ismimni aytib
Hamon armonlarga ovunchokda siz
(Mendan kechib vafosizni topgan o’zingiz
Bir bevafo qo’llarida xor bo’ldingiz) x2

Kuymaysiz quchoqlar olovlarida
Suydim deb aytadi yolg’onlaringiz
(Biqirlab qaynamas qancha o’t yoqmang
Suvsiz qurib qolgan qumg’onlaringiz) x2