Ortiqbek O’ngalov – Allohga ishon Текст
Ortiqbek O’ngalov – Allohga ishon Текст
Atrofga siring sochaverma ko‘p
Har qadam topilar makkora inson
Chin do‘stlar ichida soxtalari ko‘p
Dunyoda birgina Ollohga ishon
Nogohon kelganda qaro kunlaring
Ko‘z yumib qocharlar ishonganlaring
Dushmandan farqi yo‘q ba’zi do‘stlaring
Dunyoda birgina Ollohga ishon (2x)
Yo‘llarda qoqilsang, omading ketsa
Yiqitib dushmaning murodga yetsa
Qayg‘urma hikmatdur nelar-ki etsa
Dunyoda birgina Ollohga ishon
Mish-mishlar tarqatar g‘iybatchi satang
O‘zganing ishi yo‘q ahvol bo‘lsa tang
Shunday bo‘l, qilsinlar ketganlar attang
Dunyoda birgina Ollohga ishon (2x)
Sevgidan so‘z ochsa bevafo sanam
Ogoh bo‘l, yoniga tashlama qadam
Shaytonga dars berar ayyora odam
Dunyoda birgina Ollohga ishon
Umidjon do‘stlardan kuydi necha bor
Chog‘ qazsa kimlardir, tortdilar kim dor
Dunyo qaytguvchidur, axir Olloh bor
Dunyoda birgina Ollohga ishon (2x)