Ойбек Хамрокулов – Эй йил Текст


Исполнитель: Oybek Hamroqulov - Ey yil

Язык песни: Узбекский

Ойбек Хамрокулов – Эй йил Текст

Ey yil sening
Ey yil sening
Salobatingdan
Ming bir turfa talofatingdan

Oy-kunlarga malomatingdan
Yashar bo‘ldim yuragim yonib
Yerga tegkan kuragim yonib

Otam-onam munkayib borar
Ukalarim og‘rib dil yorar (2x)

Bu kichraygan jussam yolvorar

Buyog‘iga shoshmay tur yil
Bag‘ri butun chog‘imday tur yil (2x)

Mezbonliging mulozamatli
Ko‘nish mumkin mard azamatli (2x)

O‘g‘lon Mo‘min cholga aylansa
Gulruhsorlar kampir saylansa

Qo‘limda yoy ko‘ksimda kamon
Ko‘zlarimda bir hadik hamon (2x)

Menga qolsa mensiz yurmay tur
To‘xtab qolsin beg‘ubor damlar
Dildan arib yo‘qotish kamlar
Nega kunni yana tun yamlar?

Hech kim bilan ishing yo‘q ey yil
Hech bo‘lmasa hijrondan tiyil (2x)

Sen-ku meni sevding kun sayin
Boshim silab shamoling mayin (2x)

Kuzimni ham serhosil qilib
Endi bag‘rim olyapsan tilib (2x)

Ey yil sening
Ey yil sening
Salobatingdan
Ming bir turfa talofatingdan