Og’abek Sobirov – Sevarlar Текст


Og’abek Sobirov – Sevarlar Текст

(Deraza oldida uzoq turib jim
Yashirin kuzatib qo’shni qiz to’yin) x2
Ko’zingizdan marjon yosh oqsa tim tim
Yarimta ko’nglingiz qiynamang qo’ying

(O’ksinmang ukajon o’ksinmang singlim
Sizni ham sevarlar sevib qolarlar) x2
Oh bu dunyo asli bir kam betayin
Goh shodlik goh qayg’u aralash doim

(Bazan oqil qizlar bebaxt hor bo’lur
Tantiq qizlarga berar baxt Hudoyim
O’ksinmang ukajon o’ksinmang singlim
Sizni ham sevarlar sevib qolarlar) x2

(Yanglishib yomondan bir yor qidirmang
Zulmatdan behuda ziyo axtarmang) x2

(Malomat girdobi domiga tushib
Bir boshingizga ming balo axtarmang
O’ksinmang ukajon o’ksinmang singlim
Sizni ham sevarlar sevib qolarlar) x2

Meni aytdi dersiz nomiga kulib
O’zi izlab topar yelib yugurib
Dunyoda eng baxtli so’rasalar kim deb so’rsalar
Sizni ko’rsaturlar birinchi bo’lib

(O’ksinmang ukajon o’ksinmang singlim
Sizni ham sevarlar sevib qolarlar) x2