Nima bo’ldi – Anora Normatova Текст


Nima bo’ldi Anora Normatova Текст

Uchar edik osmonlarda
Armoni yo’q tomonlarda
Yasholmasdik hijronlarda
Bizga nima bo’ldi

Biz yengilib qoldik bugun
Hazonlardek so’ndik bugun
Ayrilishga ko’ndik bugun
Ayt bizga nima bo’ldi

Kecha baxtdan sal mast edik
Qayg’ularni bilmas edik
Bugun esa xayr dedik
Bizga nima bo’ldi

Yo muhabbat ertakmidi
O’yinmidi ermakmidi
Bizlarga shu kerakmidi
Bizga nima bo’ldi

Yolg’iz qolmasding mensiz
Xatto yurolmasding mensiz
Axir kulolmasding mensiz
Bizga nima bo’ldi

Kecha baxtdan sal mast edik
Qayg’ularni bilmas edik
Bugun esa xayr dedik
Bizga nima bo’ldi