Nilufar Usmonova – Men uchun yasha Текст


Nilufar Usmonova – Men uchun yasha Текст

Oynalarni oching quyoshni ko’ray
Yomg’irda qoldiring dardlarim yuvay
O’zim yo’l ko’rsatib hech kimsasi yo’q
Bo’ldi bu yog’iga bir o’zim ketay

Sahifani yoping to’xtasin qalam
Ko’z yoshlar qo’risin yaralar bitsin
Shu yerda tugaydi mening hikoyam
Ayting dunyoga meni unutsin

(Sen men uchun yasha
Men sen uchun ketay
Sen yer yuzin yorit
Men sham kabi o’chay) x2

Yomg’irga qoshilib yog’arman balki
Oftobga qo’shilib yonarman balki
Hotirjam o’pgani ikki ko’zingdan
Shamolga ergashib borarman balkim

Men uchun ham yasha jonim parchasi
Onang yashamadi yashatmadilar
Senga yetolmasin dardning zarrasi
Menga sherik bo’lib qoladi ular

(Sen men uchun yasha
Men sen uchun ketay
Sen yer yuzin yorit
Men sham kabi o’chay) x4