Мурод Манзур – Ёримей Текст


Язык песни: Узбекский

Мурод Манзур – Ёримей Текст

Yonginangda bo‘lolmasam-da
Har kuni bir ko‘rolmasam-da
Senla suhbat qurolmasam-da
Seni jonim hamon sevaman

O‘tsa hom-ki qancha yil-oylar
Kechalari xotira poylar
Sog‘inch dilga azobni joylar
Netay seni hamon sevaman

Jon-jon jonim-ey, uvolgina jonim-ey
Yor, yor, yorim-ey, armon bo‘lgan yorim-ey
Zor-zor zorim-ey, bir ko‘rmoqqa zorim-ey
Bilmaysan-da mani holim-ey (x2)

Yodingdami biz yurgan bog‘lar?
Shirin baxtdan qoldi-ku dog‘lar
Oh qaytsaydi qani u chog‘lar
Ishonmaysan hamon kutaman

Yo‘llarimiz ayro to‘rt tomon
Kutayapman ishon man hamon
Yomonman-da man o‘sha yomon
Kechir seni hamon sevaman

Jon-jon jonim-ey, uvolgina jonim-ey
Yor, yor, yorim-ey, armon bo‘lgan yorim-ey
Zor-zor zorim-ey, bir ko‘rmoqqa zorim-ey
Bilmaysan-da mani holim-ey (x2)