Муниса Ризаева и Конста – Уйламадинг Текст


Исполнитель: Munisa Rizayeva & Konsta - O'ylamading

Язык песни: Узбекский

Муниса Ризаева и Конста – Уйламадинг Текст

Men tenga xatlar yozdim necha bor
Sog’inchim bildirib takror takror
Lekin bir bora qilmading parvo
Dard-u alamni ko’rding-ku ravo
Bilmadim xayolingda nimalar
O’tkinchi hoyu-havas yo kimlar
Kutdim balki o’zgarasan deb
Xatolaring tan olasan deb

O mani mani mani san bevafo deb atama
Shunchaki jim hayotingdan ketaman
Mani ayblashga o’ylab topma bahona
Kelgan yo’lingdan mayli bo’lgin ravona

O’tadi oy o’tadi yil
Baribir sensizlikka ko’nikadi dil
Ovunaman ko’nikaman deya lekin
Qachon buni bilmayman
Sochlarimga bugun oq-oq oralar
Sensizlikka bugun yo’q-yo’q choralar
Bilmayman qachon sani unutaman unutaman
Armon qalbimni poralar

Holimni so’rab yana bir bor kelmading
Shu ko’yga solgan axir man-man demading
Shu kungacha bir bora yo’qlamading yo’qlamading
Holim mani o’ylamading

Sochlarimga bugun oq-oq oralar
Sensizlikka bugun yo’q-yo’q choralar
Bilmayman qachon sani unutaman unutaman
Armon qalbimni poralar
Holimni so’rab yana bir bor kelmading
Shu ko’yga solgan axir man-man demading
Shu kungacha bir bora yo’qlamading yo’qlamading
Holim mani o’ylamading

Men yomon odam tenga loyiqmasman
Kulrang hayotimda tuyg’ularga joy yetmasdi
Kinolardek sevgi yo’q pizga oidmas bu
Tashvishlarim bilam hayotingni boyitmasdim

Bunchalar chiroyli gul o’smaydi bu sahroda
Seni baxtli qilish uchun yurdim uzoqrog’da
Tohirmasman loyiq bo’lish uchun bu Zuhroga
Men seni ko’rganda

Men seni ko’rganda yo’qotib, topdim o’zimni bir lahza
Har bir soniyamni sen bilam, qilgim keldi taqsim
Kulgichlaringga qamalib, barmoqqa uzuk taqsam
Bu serial davom etsa baxtli onlar 100 tu qism

Sen kutasan meni ishdan har kuni sog’inib
Farishta kabi asraysan uyimiz o’chog’ini
Lekin bu orzulardagi uyimiz oddiy qog’ozdan
Ikkimiz uchun senariyni o’zim qaytadan yozdim

Men qishlarimda yurak
Sen gulla doim yuzda
Yig’lasang faqat baxtdan yig’lar
Quvoch kelsa behosdan
Barcha gaplarim yolg’on
Senga kerak emas rosti
Men yoningda bo’lmayman
Kulganingda oq libosda

Sochlarimga bugun oq-oq oralar
Sensizlikka bugun yo’q-yo’q choralar
Bilmayman qachon sani unutaman unutaman
Armon qalbimni poralar
Holimni so’rab yana bir bor kelmading
Shu ko’yga solgan axir man-man demading
Shu kungacha bir bora yo’qlamading yo’qlamading
Holim mani o’ylamading