Мухаммадюсуф Мамасодиков – Мусофирлик Текст


Язык песни: Узбекский

Мухаммадюсуф Мамасодиков – Мусофирлик Текст

Lim-lim oqar ko‘zyoshlaring
Kechir dalda bo‘lolmadim
Ming afsuslar so‘ngi bora
Diydoringga to‘yolmadim

Og‘riq berar xasta yurak
To‘yingga hom borolmadim
Bariga jim ko‘ndim-u lek
Bu qismatga ko‘nolmadim

Bugun menga azob berar
Ilojsizlik, ilojsizlik
Sevgimizga to‘siq bo‘ldi
Musofirlik, musofirlik (2x)

Sevgimizga to‘siq bo‘ldi
Musofirlik, musofirlik

Kechir, bergan va’dalarga
Qilolmadim netay vafo
Dilim ezar musofirlik
Ikkimizga bo‘ldi jafo

Oppoqoyim oq orzular
Sarob bo‘lib uchib ketdi
Netay taqdir ekan gulim
Begonalar quchib ketdi

Bugun menga azob berar
Ilojsizlik, ilojsizlik
Sevgimizga to‘siq bo‘ldi
Musofirlik, musofirlik (2x)

Sevgimizga to‘siq bo‘ldi
Musofirlik, musofirlik

Olov-olov ko‘ksim olov
Tushunmadi bizni birov

Ko‘zyoshlarim o‘chirolmas
Hech kim dardim ko‘chirolmas (2x)

Lim-lim oqar ko‘zyoshlaring
Kechir dalda bo‘lolmadim
Ming afsuslar so‘ngi bora
Diydoringga to‘yolmadim

Og‘riq berar xasta yurak
To‘yingga hom borolmadim
Bariga jim ko‘ndim-u lek
Bu qismatga ko‘nolmadim