Mohiraxon Bobojonova – G’animatlarim Текст


Mohiraxon Bobojonova – G’animatlarim Текст

Kelib ketdi qancha bahorlar
Erib etdi qirovlar qorlar
Qani bugun kechagi borlar
G’animatlarim

Omonatlik haqiqat ekan
Bu haqiqat achchiq dard ekan
Otang onang bori baxt ekan
G’animatlarim

Mehrimizni qadri oshdimi
Qadrimizni qahri toshdimi
Bizdan jig’ar jonlik qochdimi
G’animatlarim

Sog’inishlar bo’ldimi yolg’on
Ko’ring begonalar qadrdon
Kechmog’imiz bo’ldimi oson
G’animatlarim

Qani endi bu baxtli onlar
Onam yozgan gul dasturxonlar
Ichimga to’ldi hasratlarim
G’animatlarim

Qani endi otam qurgan uy
O’sha uyda o’tadigan to’y
Bugun ichimdadir dardlarim
G’animatlarim

Mehrimizni qadri oshdimi
Qadrimizni qahri toshdimi
Bizdan jig’ar jonlik qochdimi
G’animatlarim

Sog’inishlar bo’ldimi yolg’on
Ko’ring begonalar qadrdon
Kechmog’imiz bo’ldimi oson
G’animatlarim

Qayda qoldi oqibatimiz
Nima bo’ldi ohiratimiz
Shumi topgan bor bisotimiz
G’animatlarim

Mayli omon bo’ling sog’ bo’ling
Doim dimog’lari chog’ bo’ling
Sizga duoyu tilaglarim
G’animatlarim

Sog’inishlar bo’ldimi yolg’on
Ko’ring begonalar qadrdon
Kechmog’imiz bo’ldimi oson
G’animatlarim