Mirjalol Yo’lchiyev – Eslayveramiz Текст


Язык песни: Узбекский

Mirjalol Yo’lchiyev – Eslayveramiz Текст

Bitta yomon odatimiz bor
Sevmadik deb so’zlayveramiz
Unutilib bo’lgan damlarni
Unutsak ham eslayveramiz

Begonaga chiqarib o’zni
O’chirganmiz hamma yo’l izni
Dardimizga davo yo’q bizni
Unutsak ham eslayveramiz

Unutsak ham eslayveramiz
Unutsak ham eslayveramiz
Ko’ngil bilan o’ynashganlarni
Unutsak ham eslayveramiz

Oramizda muhabbat bo’lgan
Allaqachon tuyg’ular so’lgan
O’zi bizga nimadir bo’lgan
Unutsak ham eslayveramiz

Ko’taribmiz dilni ko’klarga
Nishon bo’ldik hayol o’ylarga
(O’xshayabmiz esi yo’qlarga
Unutsak ham eslayveramiz) x2

Unutsak ham eslayveramiz
Unutsak ham eslayveramiz
Ko’ngil bilan o’ynashganlarni
Unutsak ham eslayveramiz

Qanday edi sendagi g’amza
Eslab yurak bo’lmaydi larza
(Kelmasa ham esga hech narsa
Unutsak ham eslayveramiz) x2

(Unutsak ham eslayveramiz
Unutsak ham eslayveramiz
Ko’ngil bilan o’ynashganlarni
Unutsak ham eslayveramiz) x2

Ko’ngil bilan o’ynashganlarni
Unutsak ham eslayveramiz