Konsta – Insonlar Текст
Konsta – Insonlar Текст
(Qarang bu yulduzlar
Ucha olgan odamlar
Sonsiz tunu-kunduzlar
Bardosh bera olganlar
Cheksiz tunu-kun izlab
O’ziga sodiq qolganlar
Qarang bu yulduzlar
Insonlar)x2
Oldinda yo’l
Faqat omad ko’rinmas
Sharf bu hobbi
Ko’pam urinma
Juda ko’p pul kerak
Noldan qurilmas
Ishinga borib-ke
Yo’ldan burilma
Uxlab olish kerak
Ishdan keyin
Tekstlani bosaman
G’ishtdan keyin
Nechi yildir-ki
Tanish yangi yil
Yolg’iz nishonliman
Ishdan keyin
Nechi martta o’zgardi kasbim
Lekin o’zgarmadi hobbi
Qanaqa ish bo’lsa ham keyin
Naushniklarda o’chgani yo’q bit
Nechi martta charchadim lek
Ortgga qaytib qa’bul qilmadi
Amallab chiqdim qiyshiq yo’ldan
Shu bilan qaytib kirganim yo’q keyin
Oyoqlardan sovuq o’tadi
Lekin yulduzlarga bir qadam
Sabr qilsang qirq bir keladi
Deb to’rt yilim o’tdi qirqidi
Bitta narsa bo’ldi omadgacha
Shuni top davay tur qidir
Boshqa tilni ayt deyishadi
O’zbeklarim o’zini yurtida
Boshlaganda yosh bola edim endi
Bugun uyimda kutadi qizim
Sen o’ylisan meni omadim keldi
Bu o’n yildan ko’proq tuzilgan tizim
Nomim topadi mea’no
Qatorlarim qoqadi qanot
Lek boshqalarni so’ramagin ba’zida
Zo’rg’a ishondim o’zimga o’zim
(Qarang bu yulduzlar
Ucha olgan odamlar
Sonsiz tunu-kunduzlar
Bardosh bera olganlar
Cheksiz tunu-kun izlab
O’ziga sodiq qolganlar
Qarang bu yulduzlar
Insonlar)x2