Jaloliddin Ahmadaliyev – Bolalik Текст
Jaloliddin Ahmadaliyev – Bolalik Текст
(Qalamdayin ko’chat bugun terak bo’ldi
Ko’ksimdagi dunyoga teng terak bo’ldi) x2
(Bugun onam sochlarida oq ko’rganda
Yig’lay desam bolaligim kerak bo’ldi) x2
Olis ketin ko’kka yetsin dedim kuyim
Dunyolarda jaranglasin dedim kuyim
Bog’da otam yuzlarini topa olmay
Ko’ray desam bolaligim kerak bo’ldi
Bog’da otam izlarini topa olmay
Ko’ray desam bolaligim kerak bo’ldi
Uchib yurdim yengil ruhim yengil jonim
Bo’ldi endi bo’ldi yergak yengil jonim
(Ko’nglingda nu gaplar bor a singiljonim
So’ray desam bolaligim kerak bo’ldi) x2
(Sevgan qizim berdi dunyo g’ashlarini
Yuragimda qadab oldi qoshlarini) x2
(Bitta bitta qilib o’rim sochlarini
Tortay desam bolaligim kerak bo’ldi) x2
Yo’lbars ortga qaytmas bosgan izi bilan
Yigit nomi ketar qaytgan so’zi bilan
(Bu dunyoni faqat mehr ko’zi bilan
Ko’ray desam bolaligim kerak bo’ldi) x2
Ko’ray desam bolaligim kerak bo’ldi
Ko’ray desam bolaligim kerak bo’ldi