Искандар Искандаров – Ота кадри Текст


Язык песни: Узбекский

Искандар Искандаров – Ота кадри Текст

Ey o‘g‘il bola senga ikki og‘iz gapim bor
Bu gapimni qo‘shiq qilib aytdim quloq sol
Otangni ko‘rganim menga tinchlik bermaydi
Otang aytdi, o‘g‘lim hol so‘rgani kelmaydi

Topgan mol-u dunyolaring bir tiyinga qimmat
Otang ko‘nglin og‘ritsang xor bo‘lasan albat
Mol-dunyoni Xudo bersa bir kun toparsan
Otangni yo‘qotsang bilib qo‘y topolmaysan

Uzuklar taqibsan barmog‘ingga tillodan
Otangni ko‘rishga vaqt yo‘q bo‘shab yallodan
Bolang tug‘ilganda atab qo‘ylar so‘yibsan
Yolg‘izgina otangni bir bor yo‘qlamabsan



Ayol-u farzandlaring doimo ulovda
Jazirama issiqda ham otang piyoda
Duosin ol, davlating ham bo‘lar ziyoda
So‘zlarimdan xafa bo‘lma sen mobodo

Choyxonada o‘tirvolib har kun yayraysan
Yoningdagi do‘stlaringga hech gap bermaysan
Ko‘zingni yog‘ bosgan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rmaysan
Cho‘kib borayapti otang nahot sezmaysan

Savlatingni taftidan qo‘l kuyay deydi
Aytgin-chi otang qachon yangi kiyim kiydi?
Dog‘ bosgan kiyimlarda yuribdi otang
Har kun yangi kiyim kiyib yuribdi bolang



Ayolingni so‘zi o‘tkir aytgani aytgan
Otang bechorani so‘zi qaytgani qaytgan
Otajoning xizmatida doim tayyor tur
Ota qadrin otasizdan bir bor so‘rab ko‘r

Bu qo‘shiqni do‘stim senga atab kuyladim
Ikki dunyoing kuymasin deb seni o‘yladim
Haqiqat so‘z doimo achchiq bo‘larkan
Ota rozi bo‘lsa Xudo rozi bo‘larkan

Bog‘lab bermagan-ku otangni Xudo
Seni umring qancha hech kim bilmaydi
Otangni duosin ol borib sen bugun
Bormasang gar ertaga kech bo‘lishi mumkin