Husravi Bobojon – Yagonang bo’lay Текст


Husravi Bobojon – Yagonang bo’lay Текст

Sendan ko’zim uzolmayman
Yoningdan aslo ketolmayman
Biram go’zal kulgularing bor
Chiroyingga to’yolmayman

Havas qilar senga malaklar
Bitmaydi hech sira oshiqlar
Qarshingdaman burma yuzingni
Yarashadi senga kulgular

Yor yagonang bo’lay
Ishqu-devonang bo’lay
Manman oshig’ing manman
Ko’ngling bir donasi
Qalbing yagonasi
Manman oshig’ing manman

Ayirmasin bizni o’zgalar
Havas qilsin barcha oshiqlar
Yoningdaman qizg’onaman
Termulsalar qoshi-qalamlar

So’zlaringni sog’inaman
Sur’atingga ovunaman
Mayli hijron bizni qiynasin
Mushtoq bo’lib kun sanayman

(Yor yagonang bo’lay
Ishqu-devonang bo’lay
Manman oshig’ing manman
Ko’ngling bir donasi
Qalbing yagonasi
Manman oshig’ing manman) x3