Гулжахон Юлдашова и Максад Балтаев – Эркалаб Текст


Исполнитель: Guljaxon Yuldashova & Maqsad Baltayev - Erkalab

Язык песни: Узбекский

Гулжахон Юлдашова и Максад Балтаев – Эркалаб Текст

Yor qadamni maydalab
Yuragimni nayzalab
Nozingni bulutlarga
Tekkizma jonim erkalab

Ko’zlaring suza suza
Rejalar tuza tuza
Ozorga solma mani
Jonimni uza uza

Erkalab erkalab
Kuydirasan erkalab
Kel desam kelmaysan
Yuragimni nayzalab

Erkalab erkalab
Kuydiraman erkalab
Kel desangiz kelmaymano
Noz qilaman ataylab

Qoshlarim qaro deya
Ko’zlarim shahlo deya
Nozimni aytmang yana
Boshimga balo deya

Ne qalay suzilsa ko’z
Rejalar tuzilsa yuz
Kelma endi desamam
Kelasiz joy izlaysiz

Erkalab erkalab
Kuydiraman erkalab
Kel desangiz kelmaymano
Noz qilaman ataylab

Erkalab erkalab
Kuydirasan erkalab
Kel desam kelmaysan
Yuragimni nayzalab

Voy shirin tillaringdan
Nozikkina fellaringdan
Qaysaro o’jargina
Aylanay fellaringdan

Lablaring buncha go’zal
Oshig’ing shuncha go’zal
Ammo sevib hom
Qiynading shuncha go’zal

Qaramang ado bo’lib
Aqldan judo bo’lib
Sevaman deb yonamiz
Yonimda paydo bo’lib

Qiz bola sinab sevar
Baxtini ko’zlab sevar
Sevsada sezdirmayin
Oshig’in qiynab sevar

Erkalab erkalab
Kuydirasan erkalab
Kel desam kelmaysan
Yuragimni nayzalab

Erkalab erkalab
Kuydiraman erkalab
Kel desangiz kelmaymano
Noz qilaman ataylab

(Erkalab erkalab
Kuydirasan erkalab
Kel desam kelmaysan
Yuragimni nayzalab)x2