Феруза Эгамова – Севги Текст


Исполнитель: Feruza Egamova - Sevgi

Язык песни: Узбекский

Феруза Эгамова – Севги Текст

Chaqirmadim endi o’zi qoshimga
Aylandi u eng yaqin sirdoshimga
Nimalarni solmadiya boshimga
Suymaganni suydurarkan bu sevgi

Telba bir yon bir yonda devonalar
Dili yongan bir yonda parvonalar
Halaklar ko’p ko’p ekan giryonalar
Kuymaganni kuydurarkan bu sevgi

(Parvona parvona yurak yana
Ovora ovora yurak yana
Devona devona yurak yana
Sevgidan)x2

Bazan dilga azob berar dard berar
Bazan misol unutilmas baxt berar
Xohlamasa ketar xohlasa kelar
Joningdan ham to’ydirarkan bu sevgi

Sevdim o’zim sevganligim aybim-da
Bunday ayblar bo’lar ekan har kimda
Mangu qolib ketdi sevgim qalbimda
O’lmas ekan o’ldirarkan bu sevgi

(Parvona parvona yurak yana
Ovora ovora yurak yana
Devona devona yurak yana
Sevgidan)x2