Duo qilib turing onajon – Jonibek Qudratov Текст


Duo qilib turing onajon – Jonibek Qudratov Текст

Yolg’on dunyo yolg’onlari jam
Birin topsam bo’lar biri kam
Yashayabmiz nima bo’lsa ham
Duo qilib turing onajon

Gohu unqur chunqur yo’llarim
Qo’l tutganlar tikan qo’llari
O’tib ketar bunday kunlarim
Duo qilib turing onajon

Bersa Alloh qo’llarim tutay
Kelar davrim paytini kutay
Zo’rlardan zo’r bo’lib ketay
Duo qilib turing onajon

Alloh bergan sarvarim onam
Tillo kumush gavharim onam
Ko’zi bonu jannatim onam
Duo qilib turing onajon

Ne kunlarni ko’rmadi gohu
Siz jannatim oqlarning oqi
Ko’kka yetar onalar gohu
Duo qilib turing onajon

Quvonchimsiz davlatim onam
Chiroyligim gavharim onam
Hech mehnatdan tolmangiz onam
Duo qilib turing onajon

Baxtli kunlar poyingiz o’psin
Hammamizga Allohim bersin
Kamolimiz butun bo’lsin
Duo qilib turing onajon

Gohu unqur chunqur yo’llarim
Qo’l tutganlar tikan qo’llari
O’tib ketar bunday kunlarim
Duo qilib turing onajon

(Bersa Alloh qo’llarim tutay
Kelar davrim paytini kutay
Zo’rlardan zo’r bo’lib ketay
Duo qilib turing onajon

Alloh bergan sarvarim onam
Tillo kumush gavharim onam
Ko’zi bonu jannatim onam
Duo qilib turing onajon) x2