Doston Ergashev – Ketaver Текст
Doston Ergashev – Ketaver Текст
Yo‘ling ketgan yo‘lchilarga
O‘yin tushib kuychilarga
O‘lja bo‘lding oxir gulim
Qopqon qo‘ygan ovchilarga
Eshik yopib biz g‘aribga
Bizdan borgan sovchilarga
Yigit boshim egib ket-o‘
Tegsang mayli tegib ket-o‘ (2x)
Kuylab beray to‘ying kuni
O‘ynab beray to‘ying kuni
So‘zga chiqib yaxshi deya
Maqtab beray to‘ying kuni
Kuyovga bosh egib ket-o‘
Tegsang mayli tegib ket-o‘
Yor-yor aytib kulib ket-o‘
Tegsang mayli tegib ket-o‘
Kuyovga bosh egib ket-o‘
Yurak-bag‘rim yulib ket-o‘
Yor-yor aytib kulib ket-o‘
Tegsang mayli tegib ket-o‘
Uzun ko‘ylak kiyibolib
Tilginangni tiyibolib
Boy hovlidan kelsa sovchi
Farishtadek bo‘libolib
Ko‘rsatmagin qorangni ham
Unutaman te’dangni ham
Mahallamdan olib ketgin
Bir umrga soyangni ham
Yor-yor aytib kulib ket-o‘
Tegsang mayli tegib ket-o‘
Yuragimni yulib ket-o‘
Tegsang mayli tegib ket-o‘