Doston Ergashev – DiIlim Текст


Язык песни: Узбекский

 

Doston Ergashev – DiIlim Текст

Muhabbatdan kuygan dilim
Bevafoni suygan dilim
Qarog’imda asragandim
Zulmatda zor etdida gulim

Endi dilda kezar mangu
O’tli sog’inch o’tli qayg’u
Orzularim ro’yobini
Do’stu-armon degan tuyg’u

Ruhim qiynar yor ozori
Nahot gulim dil ozori
Bir paytlar ishqga to’lgan
Yurak rashqning tikonzori

Ko’kka boqsam oy ham yolg’iz
Oy jamolsiz men ham yolg’iz
Chap ko’ksimda qon yig’laydi
Yolg’iz qolgan sevgim usiz

Xafamasman yolg’onlardan
Soxta sevgi gumonlardan
Dilim kuysa kuyar faqat
Sevgi bilmas janonlardan

Muhabbatdan kuygan dilim
Bevafoni suygan dilim
Qarog’imda asragandim
Zulmatda zor etdida gulim

Kuydi yurak butun olam
Davo bo’lmas biror malham
Chin sevgiga qiyo boqmay
Ketmoqdasan qilar alam

Muhabbatdan kuygan dilim
Bevafoni suygan dilim
Qarog’imda asragandim
Zulmatda zor etdida gulim

Ruhim qiynar yor ozori
Nahot gulim dil ozori
Bir paytlar ishqga to’lgan
Yurak rashqning tikonzori

Ko’kka boqsam oy ham yolg’iz
Oy jamolsiz men ham yolg’iz
Chap ko’ksimda qon yig’laydi
Yolg’iz qolgan sevgim usiz