Doston Ergashev – Dadajon Текст


Язык песни: Узбекский

Doston Ergashev – Dadajon Текст

Sizdan keyin yoniga olib
Cho‘ntagimga uch-to‘rt so‘m solib
Kim boradi bozorga olib?
Sizdan keyin ayting Dadajon

Xato qilsam tergaydi kimlar?
Yutug‘im kim, xohlaydi kimlar?
Quvonadi, maqtaydi kimlar?
Sizdan keyin ayting Dadajon

Ayting Dadajon, ayting Dadajon
Ayting Dadajon, Dadajon

G‘animlarim eshigim poylar
Yuragimga quyilar qonlar
Kimga olib kelaman tunlar
Sizdan keyin ayting Dadajon

Qanday sinovlardan qochaman?
Kimga arzim to‘kib sochaman?
Ayting kimga bag‘rim ochaman?
Sizdan keyin Dadajon
Ey Dadajon, ayting Dadajon

Dadajonim, Dadajonim
Dadajonim, Dadajon (2x)

Duolarizsiz qandoq qilaman
Doim nedir kamdek bilaman
So‘zlang, so‘ziz quloq solaman
Sizdan keyin ayting Dadajon

Qulashi hom mumkinmi tog‘lar?
Meva bermay qo‘yadi bog‘lar
Onam hom yuzidagi dog‘lar
Sizdan keyin ayting Dadajon

Dadajonim, Dadajonim
Dadajonim, Dadajon (2x)