Do’stlarim – Sardorbek, Muzik Aka Текст


Do’stlarim – Sardorbek, Muzik Aka Текст

Ming bora dard eshigin quluflab yopolmadim
Izlasamda betinim bitta do’st topolmadim
Ishonch nima bilmagay soxta ulfat yorlarim
Nahotki umr yo’lim do’stsizlikga bog’ladim

Zulmat bo’lib kunduzin og’ir botdi nag’masi
Bugun o’zimga o’zim do’stmas edim hammasi
Bari yolg’on deb lekin yuziga aytolmadim
O’zimga o’zimdayin bitta do’st topolmadim

(Do’stni do’st deb pand yedim do’stlar vafo qilmadi
Do’stni do’st deb g’am yedim do’stim parvo qilmadi
Labzi yo’q hiyonatkor mansab parast do’stlarim
Mayli sog’ omon bo’ling ikki yuzli do’stlarim) x2

Qancha molu-davlatim sanog’iga yetdilar
Qaddim savlatim casta tashlab ketdilar
Manzilim go’yo olis yugurib yetolmadim
Essizni bora essiz bitta do’st topolmadim

Zulmat bo’lib kunduzin og’ir botdi nag’masi
Bugun o’zimga o’zim do’stmas edim hammasi
Bari yolg’on deb lekin yuziga aytolmadim
O’zimga o’zimdayin bitta do’st topolmadim

(Do’stni do’st deb pand yedim do’stlar vafo qilmadi
Do’stni do’st deb g’am yedim do’stim parvo qilmadi
Labzi yo’q hiyonatkor mansab parast do’stlarim
Mayli sog’ omon bo’ling ikki yuzli do’stlarim) x4