Doniyor Sobirov – 90-yillar Текст


 

Doniyor Sobirov – 90-yillar Текст

Olis o’smir Yoshida
Majnuntollar qoshida
Kutar edim men seni
Tor ko’chaning boshida

Tor ko’chang ham tor edi
Chor bo’ging bemor edi
O’tolmadim devoringdan
Bitta o’pgim bor edi

Ishq boliga to’yvolib
Isming dilga o’yvolib
Qaytardim kasetada
Oxunjonni qo’yvolib

Bilishar biz tengilar
Kurashmagan yengilar
90-yillarda shunday
Edi sevgilar

Darvozangni har kuni
Otang solar qulfini
Ochib qo’ygin
Derazangni zulfini

Onang uxlab qotadi
Akang bilsa otadi
Farg’ona bu kecha
Boshqacha tong otadi

Ishq boliga to’yvolib
Isming dilga o’yvolib
Qaytardim kasetada
Muhriddinni qo’yvolib

Bilishar biz tengilar
Kurashmagan yengilar
90-yillarda shunday
Edi sevgilar

Humor edim o’shanda
Bedor edim o’shanda
Ishqing bilan telba
Bemor edim o’shanda

Qo’rqmas edim qo’rqsang ham
Mahallangda yursang ham
Go’zal eding shunchlar
Bo’yanmasdan chiqsang ham

Ishq boliga to’yvolib
Isming dilga o’yvolib
Qaytardim kasetada
Sheralini qo’yvolib

Bilishar biz tengilar
Kurashmagan yengilar
(90-yillarda shunday
Edi sevgilar) x2